Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

ZA'FARON SARATONNI DAVOLAYDI

Britaniyalik olimlarning ta'kidlashlaricha, za'faron ekstrakti asosida tayyorlangan yangi preparat saraton xastaligiga qarshi kurashda yaxshi samara beradi. Laboratoriyada jonivorlar vositasida o’tkazilgan tajribalar muvaffaqiyatli yakunlangan.

Za'faron asosida tayyorlangan yangi preparat organizmda saraton o’smasi tomonidan ajraladigan kimyoviy modda ta'sirida xarakatga keladi. Lekin uning aynan qanday xarakatga kelishi va qanday ta'sir ko’rsatishi borasida ma'lumotlar tarqatilgani yo’q.

Olimlar sinov chog’ida sichqonlardan foydalanishdi. Yangi preparat vositasida davolash kursi tugagach, sichqonlarning yarmida saraton xastaligi alomatlari yo’qoldi. Tadqiqot mualliflarining so’zlariga ko’ra, yangi dori vositasining nojo’ya ta'siri yo’q. Olimlar yangi preparatni yaqin ikki yil ichida klinik tajribadan o’tkazishni rejalashtirmoqda.

Shuni ta'kidlash joizki, za'faron ming yillar davomida shifobaxsh ziravorlardan biri xisoblab kelingan. U xaqida xatto qadimgi Misr tabiblari ham o’z asarlarida yozib qoldirishgan.


 

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (23.11.2013)
Просмотров: 680 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS



referatlar va mustaqil ishlar

Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565