Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

YURAK VA TISHLAR O’RTASIDA QANDAY BOG’LIKLIK BOR?

Shvetsiyalik olimlar tomonidan o’tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari inson salomatligini ta'minlashda tishlarning o’rni nixoyatda katta ekanligani ko’rsatdi. Olimlarning fikriga ko’ra, 10 tadan kam tishi saqlanib qolgan kishilar 25 tadan ko’p tishi saqlanib qolgan kishilarga qaraganda yurak ishemik kasalliklari oqibatida xayotdan ko’z yumish xavfiga 7 karra ko’proq duch keladi. Nima uchun? Bu savolga javob berar ekan, mutaxassislar bir necha xil taxminni ilgari surishadi. Shunday taxminlardan biriga ko’ra, tishi kamroq kishi ovqatni yaxshi chaynay olmaydi va oqibatda organizm uchun zarur ayrim modadlar o’zlashtirilmay qoladi. Boshqa bir taxminga ko’ra, yurak xastaligini tish og’rig’i tufayli ogaz bo’shlig’i va milklarga o’rnashib olgan bakteriyalar keltirib chiqaradi. Olimlarning xulosa qilishlaricha, kishi tishlarining salomatligi xaqida albatta qayg’urishi lozim. Chunki yurak ishemik kasalliklarini birinchi o’rinda qon bosimining ortib ketishi, kashandalik, ortiqcha vazn va xarakatsizlik keltirib chiqaradi.


 
Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")
Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (23.11.2013)
Просмотров: 2062 | Рейтинг: 2.0/1



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS



referatlar va mustaqil ishlar

Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565