Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

UZOQ UMR KO’RISHNING 30 TA OMILI

(Shveytsariyalik olimlarning fikriga ko’ra, ushbu omillar xaqiqatdan xam kishi umrini uzaytiradi)

Yevropa mamlakatlarida istiqomat qiluvchilar uzoq umr ko’rish bobida dunyoning qolgan mintaqalarida yashovchilarga qaraganda ancha peshqadam. Masalan, Yevropada yashayotgan ayol o’rtacha 81 yil, erkak esa 74 yil umr ko’radi. Buning zamirida mamlakatning rivojlanganlik darajasi, axolining ijtimoiy jixatdan kuchli ximoyalanishi va tibbiy xizmat sifatining yuqori ekanligi yotadi, albatta, lekin uzoq umr ko’rishning boshqa omillari ham borligini unutmaslik kerak.

Bundan bir qancha vaqt muqaddam Jeneva (Shveytsariya) Universiteta gospitali olimlari uzoq umr ko’rishning 30 xil omilini belgilashdi. Ayni chog’da bu omillar Yevropada jiddiy muxokama etilmoqda. Xo’sh, bular qanday omillar ekan?

Mutaxassislarning fikriga ko’ra, shveytsariyalik olimlar tomonidan belgilangan omillar zamirida faqat Shveytsariyaga xos bo’lgan jixatlar yo’q. Shveytsariyalik olimlar bir necha yil davomida dunyodagi yetakchi universitetlarda olib borilgan ilmiy-tadqiqotlarning natijalarini jamlagan, xolos. Demak, omillarga qaytamiz.

Imkoni boricha ko’proq o’qishga xarakat qiling. Miyangizga murakkab topshiriqlarni bering, krossvordlarni eching va she'rlarni yodlang. Buyuk Britaniyada o’tkazilgan tadqiqotlar ko’p aqliy mehnat qilgan kishilar orasida o’lim bilan bog’liq holatlar boshqalarga qaraganda 4 karra kam ekanligini ko’rsatdi.

Buterbrodlarga ham pomidor qo’shib iste'mol qiling. Agar kundalik ratsioningizga oz bo’lsa-da tomat qo’shib borsangiz, yurak-qon tomir kasalliklarining paydo bo’lish xavfi 30 foizga kamayadi. Chunki pomidor kaliy moddasiga boy.

Oila a'zolaringiz bilan janjallashmang. Qarindoshlaringiz bilan muntazam ravishda muloqotda bo’lib turishga xarakat qiling. Garvard Tibbiyot maktabi ekspertlarining fikriga ko’ra, tug’ishgan qarindoshlar yonida bo’lish kishining qon bosimini me'yoriga keltiradi, shuningdek, alkogolizmga qarshi kurashda qo’l keladi.

Uylaning Italiyalik ekspertlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar uylangan va 20 yil oila qurgan erkaklar so’qqaboshlarga qaraganda 3 yil ko’proq umr ko’rishini tasdiqladi.

Uyg’otuvchi soat (budilnik)dan butunlay voz keching. Ayniqsa, uning ovozi juda baland bo’lsa.  Bundan tashqari, xushtak chaluvchi choynakning xam baxridan o’tgan ma'qul. Yaponiyalik tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, kutilmagan baland ovoz qon bosimi yuqori bo’lgan kishilarda yurak xuruji xavfini orttiradi.

Nonning kuyib pishgan yuza qismini iste'mol qiling. Chunki unda saraton xastaligiga qarshi pronillizin antioksidanti bir buxanka nondagidan 8 karra ko’p.

Jamoatchilik fikrini inkor eting, aniqrog’i, unta e'tibor bermang. Germaniyalik olimlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, agar kishi boshqalar u xaqida nima deyishi va qanday fikrda ekanligiga e'tibor bermaydigan bo’lsa, uzoqroq yashar ekan.

Uyingizda biron bir jonivorni asrang. Dunyoning turli mamlakatlarida o’tkazilgan tajribalar uyida it yoki mushuk saqlagan kishilar stressli xolatlarga kamroq tushishini kursatdi.

Shokoladni yaxshi ko’ring. Garvard sog’likni saqlash maktabida o’tkazilgan tadqiqotlar shokoladni me'yorida iste'mol qiluvchi kishilar konfetlarni yaxshi ko’ruvchi kishilarga qaraganda ko’proq umr ko’rishini ko’rsatdi. Chunki toza shokolad tarkibida saraton va yurak xastaliklarining oldini oluvchi kimyoviy moddalar — polifenollar mavjud.

Chet tilini o’rganishga kirishing va musiqa asboblaridan birini chalishga xarakat qiling. 100 yoshdan o’tgan ko’plab kishilarning ta'kidlashicha, bu jarayonga berilib ketish o’lim xaqida kamroq o’ylashga olib keladi va kishi umrini uzaytiradi.

Mumtoz musiqani ko’proq tinglang. Oksford universitetida o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar chog’ida Betxovenning asarlari qon bosimini pasaytirishi va mushaklarni bo’shashtirishini isbotladi.

Quyosh bilan do’stlashing. Agar siz teri saratoniga yo’liqishdan cho’chib, Quyosh nurlaridan bekinadigan bo’lsangiz, D vitaminini qabul qilishni unutmang. Chunki Quyosh nurlari diabet va depressiya (tushkunlik) ning oldini oladi. Ma'lumki, depressiya ko’plab xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Raqsga tushib turing. Frantsiyalik olimlarning qayd etishlaricha, kishiga uzoq umr baxsh etishda asqotuvchi eng yaxshi raqs bu salsadir. Chunki u umurtqa pog’onasini mustahkamlaydi va o’pkani rivojlantiradi. Xatto astma (ko’ksov) kasalligidan xam qutulishda yordam beradi.

Albatta, bular shveytsariyalik olimlar tavsiya etayotgan omillarning barchasi emas. Qolaversa, bu omillar barchaga birdek mos kelmasligi mumkin. Chunki har kim yoshi, fe'l-atvori, salomatligiga qarab, o’ziga xos individual jixatlarga ega. Lekin xakikatdan xam ushbu omillar inson umrini uzaytirishda yordam berishi xaq gap.


 

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (23.11.2013)
Просмотров: 2895 | Рейтинг: 3.5/8



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565