Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

UYALI TELEFONLARNING INSON VUJUDIGA SALBIY TA'SIRI RASMAN TAN OLINDI

Saraton xastaligini o’rganish bo’yicha xalqa agentlik va London Sog’likni saqlash tashkiloti uyali telefonlar inson organizmida zararli o’smalarni keltirib chiqarishi mumkinligini rasmai tan oldi. Agar, ilgari buni faqat olimlar taxmin qilgan bo’lsa, endilikda nufuzli xalqaro tashkilotlar ham o’z so’zini aytmoqda.

Ektromagnit nurlanishlar xamma vaqt salomatlikka salbiy ta'sir ko’rsatadi, deb hisoblab kelingan. Inson ishlab turgan mikroto’lqinli pechga boshini suqib olishga muvaffaq bo’ldi, deb tasavvur qiladigan bo’lsak, u salomatligini yo’qotishi aniq. Uyali telefon, mikroto’lkinli pech emas, albatta, ammo shunday bo’lsa-da, u xam miyamiz va boshqa a'zolarimizga salbiy ta'sir qiladi. Chunki quloq ichidagi eshitish qobiliyatni ta'minlovchi murakkab nerv to’qimalari, ko’z paraden deyarli  xar  kuni  elektromagnit  maydoni ta'siriga-tushadi. Ba'zilar uyali telefonda xar kuni soatlab gaplashadi. Bu esa organizm uchun juda katta zo’riqishni keltirib chiqaradi.

Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan videoroliklarda uyali telefon ixtirochilariniig o’zlari xech qachon uyali telefonda gaplashmasligi, gaplashadigai bo’lsa ham, uni quloqlariga olib kelmasligi, har doim simli va simsiz naushniklardan foydalanishi ta’kidlangan. Chunki ular mobil telefonlarning inson vujudiga qanday ta’sir qilishini yaxshi bilishadi. Ushbu videoroliklarda miya saratoni tufayli bosh suyagi trepanatsiyasiga (bosh suyagi parmalanib teshilgan va kasal joyi aniqlanib, davolangan) duch kelgan bemorlarning muloxazalari ham keltiriladi. Bunday bemorlar ham kasallikning kelib chiqishiga sabab aynan uyali telefonlardan ko’p foydalanganliklari ekanini ta'kidlaydi.

Ilgari Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti uyali telefonlar borasida rasmiy xulosa bildirmagan bo’lsa, dunyodagi 13 ta mamlakatning yetakchi mutaxassislari tomonidan o’tkazilgan tajriba natijalaridan so’ng ularning zararli ekanini rasman tan oldi. Ayrim mutaxassislarning fikriga ko’ra, uyali telefon orqali kuniga 15 daqiqa muloqotda bo’lish xam saraton xastaligini keltirib chiqarishi mumkin.

Mobil telefonlar tarqatayotgan qudratli elektromagnit to’lqinlar to’qimalarda o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bir kator mutaxassislarning qayd etishicha, to’qimalarning zararlangani darxol sezilmasligi mumkin. Kasallik o’zini 15-20 yildan so’ng namoyon etishi ham extimoldan yiroq emas. Xisob-kitoblar shuni ko’rsatmokdaki, bosh miya o’smasi bilan bog’liq xastalikka duch kelganlar soni 2020 yilga borib, xozirgiga qaraganda 20 marotaba ortadi.

Agar kattalar shakllangan miyasi bilan nurlanadigan bo’lsa, bolalarda bu jarayon yanada ayanchliroq kechadi. Chunki rivojlanish jarayonini boshdan kechirayotgan bolalar miyasi tashqi  salbiy ta'sirlarga   juda ta'sirchan bo’ladi.  Bolalar miyasi elektromagnit energiyasini ko’proq yutadi va shu bilan ularning miyasi ko’proq zararlanadi. Buning oqibatida bola nafaqat salomatligini yo’qotishi, balki aqliy rivojlanish jixatidan  xam  ortda  qolishi  mumkin.  Shu bois ko’plab mutaxassislar uyali telefonlar bilan bog’liq qonunchilikni shakllantirishni taklif qilishmoqda. Olimlarning fikriga ko’ra, uyali telefonlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar xar bir apparat qo’llanmasida uning zararli ta'siri xaqida yozishi lozim. Bundan tashqari, uyali aloqa xizmatini ko’rsatuvchi kompaniyalar yoshlarni mobil telefondan ko’proq foydalanishga chaqiruvchi reklamalarni to’xtatishi kerak.

Demak, uyali telefonlarning inson vujudiga salbiy ta'sir ko’rsatishi borasida yirik xalqaro tashkilotlar xam o’zining rasmiy qarashlarini e’lon qildi. Xo’sh, uyali telefonlarning zararli ta'siridan qanday ximoyalanmoq darkor?

Mutaxassislarning fikriga ko’ra, uyali telefonlarni iloji boricha uzoqroqqa qo’ygan ma'qul. Imkoni boricha, ularni bolalarga bermaslik, muloqotlarni esa kamaytirish kerak. Yaxshisi, muloqot vositasi sifatidd SMS lardan foydalaning.

Qo’ng’iroq qilayotganda  shahar  telefonlaridan foydalangan afzal.

Uyali telefonii cho’ntakda emas, balki sumkada olib yuring.

Chaqirilayotgan abonent bilan aloqa o’rnatilmaguncha telefonii qulog’ingizga olib kelmang. Chunki bu paytda nurlanish juda kuchli bo’ladi.

Uxlash uchun yotayotganingizda, telefonni yoningizga qo’ymang. Uni kamida 1,5 metr uzoklikka qo’ying.

Mulokrt chog’ida naushniklardan,  xech  bulmasa, simsiz moslama (blyutuz)dan foydalaning.

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (29.11.2013)
Просмотров: 1851 | Рейтинг: 4.5/2



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565