Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

UMURTQA POG’ONAM SOG’LOM BO’LSIN, DESANGIZ...

Ota-onalar farzandlariga ko’pincha "to’g’ri o’tir" deb dakki berishadi. Aslida, bu dashnomlar o’rinsiz ekan.

Avstraliyalik olimlar ilmiy tadqiqotlar chog’ida umurtqa  pog’onasidagi xastalikla bizning   qanday holatda o’tirishimizga bog’liq emasligini isbotlashadi. Umurtqa pog’onasining shikastlanmasligi uchun, albatta to’g’ri o’tirish shart emas ekan. Olimlarning fikriga ko’ra, eng yaxshi holat bu "hujayraning holati", aniqrog’i, stul suyanchig’iga yarim yotgan holatdir. Agar kishining umurtqa pog’onasi sog’lom bo’lsa, qanday xoxlasa, shunday o’tirishi mumkin. Doimo baland poshnali poyafzalda yuradigan ayollarda esa umurtqa pog’onasining bo’yin va bel qismlarida bukilish kuchayadi. To’g’ri holatda o’tirish ular uchun ancha noqulay. Qorindor erkaklarda ham giperlordoz, ya'ni umurtqa pog’onasining bel qismi ancha ichkariga kirishi bilan bog’liq xastalik paydo bo’lishi mumkin. Shu bois ham bunday kishilar yarim yotgan holda o’tirishni xush ko’rishadi.

Bolalar masalasida mutaxassislar, ularni o’z holiga qo’yish kerak, degan xulosaga kelishdi. Agar umurtqa pog’onasi sog’lom bo’lsa, bolalar qanday holatda o’tirmasin, bu ularga hech qanday xavf tug’dirmaydi.

Bolalarni cheklash kerak emas. Chunki ular hamon kattalarga qaraganda tabiatga ancha yaqin bo’ladi. Agar ular istamaydigan bo’lsa, ertalab turib badantarbiya qilishga ham majburlash kerak emas. Olimlar bu o’rinda jonivorlarni kuzatishni maslahat berishadi. Jonivorlar ham uyqudan turgach, birdaniga sakrab, yugurib ketishmaydi, aksincha, biroz cho’zilib olishadi. Agar organizmni har kuni turli mashqlar  bilan zo’riqtiradigan bo’lsak va kontrast dushlar  bilan chiniqtirishga harakat qilsak, simpato-adrenal tizim yaroqsiz bir holatga keladi.

Ko’pchilik eng yaxshi qaddi-qomat sportchilar va-modellarda bo’lsa kerak, o’ylashi mumkin. Aksincha, bunday emas ekan. Chunki ularda qorin ichkariga me'yordagidan ortiq kirib ketgan, kurak suyagi esa biroz origaga tortilgan bo’ladi. Bu esa oddiy inson uchun xos bo’lgan fiziologiyaga mos emas. Qolaversa, bu qovurg’alar oralig’idagi asablarga salbiy ta'sir ko’rsatishi mumkin.

Oyoqlarni chalishtirib o’tirish zararlimi? Mutaxassislarning fikriga ko’ra, oyoqlarni chalishtirib o’tirish 40 yoshdan oshgan kishilarga tavsiya etilmaydi. Chunki bunday holatda uzoq vaqt o’tirish skolioz xastaligini keltirib chiqaradi.  Shuning uchun  bunday  odatdan voz kechgan ma'qul. Hech bo’lmaganda, oyoqlar holatini almashtirib turish kerak. Bir qator shifokorlar yurakka ortiqcha yuk tushmasligi uchun mijozlarga chap  tomon  bilan  yotmaslikni  maslahat  berishadi. Olimlarning fikriga kura, bu eng be'mani maslahatdir. Chunki yurak ko’krak qafasining markaziga yaqin yerda joylashgan. Unga qanday holatda yotishingizdan qat'i nazar, og’irlik tushmaydi. Chunki u ko’krak qafasi bilan himoya qilingan. Shu bois, har qanday ortopedik yostiqlar va to’shaklar shunchaki biznes, deb bemalol aytish mumkin. Miya masalasiga kelganda, uning kechasi ham uxlamasligini ta'kidlash joiz. Agar organizmni nimadir   qanoatlantirmaydigan  bo’lsa yoki o’zini o’ng’aysiz sezsa, miya unga buyruq beradi va kishi boshqa tomonga ag’darilib oladi. Faqat buning uchun kishi o’ta mast holatda bo’lmasligi kerak.

Umurqa pog’onasini qanday qilib sog’lom saqlash mumkin? Buning uchun ko’proq piyoda yurish, poshnasining balandligi 3 santimetr dan ortiq bo’lmagan poyafzalni kiyish, xuddi jonivorlarga o’xshab chuzilib, tortilib turish lozim.

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")
Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (09.12.2013)
Просмотров: 3075 | Рейтинг: 5.0/2



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565