Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

TUZ SARATON XASTALIGINI KELTIRIB CHIQARADI

  TUZ SARATON XASTALIGINI KELTIRIB CHIQARADI

Tuz qon bosimini ko’tarishidan ko’pchilik xabardor, ammo u saraton xastaligining rivojlanishiga olib kelishini eshitganlar kamchilikni tashkil etadi.  

Yaqinda yaponiyalik olimlar 80 ming kishining salomatligini kuzatish natijasida shunday xulosaga kelishdi: tuzlaralarning xaddan ortiq ko’p iste'mol qilinishi saraton xastaligining rivojlanish xavfini 15 foizga oshiradi. Birinchi o’rinda oshqozon, ichak va o’pka o’smalarining paydo bo’lishiga olib keladi.  

Mutaxassislar shunday bo’lishi mumkinligini ancha oldin taxmin qilishgandi. Tuz va saraton, shuningdek, boshqa bir qator kasalliklar (buyrakda tuzlarning paydo bo’lishi, katarakta, qandli diabet) o’rtasida bog’liqlik borligi Butunjaxon sog’liqni saqlash tashkilotining rasmiy xujjatlarida xam qayd etilgan.  

Gastroenterolog shifokorlarning so’zlariga ko’ra, olimlar tuzning turli kasalliklar paydo bo’lishidagi ta'sir etish mexanizmini xam aniqlashgan. Turli o’smalarin ko’plab kishilarning oshqozonida yashovchi xelikobakter pilori bakteriyalari keltirib chiqaradi. Ushbu bakteriyalar, shuningdek, oshqozon yarasi va gastritning paydo bo’lishiga xam sabab bo’ladi. Demak, oshqozonida xelikobakter pilori bakteriyalari bo’lgan kishilarda oshqozon saratonining paydo bo’lish extimoli yuqori. Tuz esa ushbu bakteriyalarning yanada faollashishi va yaxshiroq ko’payishiga yordam beradi. Bir so’z bilan aytganda, tuz va tuzlamalarni xush ko’ruvchilar bakteriyalar uchun qulay sharoit yaratadi. Agar bunday bakteriyalar oshqozonga tashkaridan tushadigan bo’lsa xam, yaxshilab o’rnashib oladi.  

Shu choqqa qadar tuzni me'yordagidan ortiq iste'mol qilish qon bosimini oshirish bilan bir qatorda tomirlarga salbiy ta'sir ko’rsatadi, deb xisoblanardi. Yaqinda avstraliyalik olimlar tuz qon tomirlariga shikast yetkazishi mumkinligini xam aniqlashdi. Shu bilan bir qatorda, tuz qon tomirlarining elastiklik xususiyatiga xam salbiy ta'sir etadi. Bu esa, gipertoniya va skleroz kabi xastaliklarning paydo bo’lishidagi bosh omildir. 2008 yilda olimlar tuzni ko’p iste'mol qiluvchi ayollarda kalsiy moddasi kamayib ketishini aniqlashdi. Kalsiyning kamayishi esa suyaklar mustaxkamligiga salbiy ta'sir qiladi. Suyaklar mo’rtligi umurtqa pog’onasining deformatsiyaga uchrashiga olib keladi. Buni nafaqat qariyalar, balki yoshlarda (asosan, ayollarda) ham kuzatish mumkin.  

Ekspertlarning fikriga ko’ra, kishi bir kunda o’rtacha 12 gramm tuz iste'mol qilishi me'yordagi xolat xisoblanadi. Shundagina vujudga zarar yetmaydi va iste'mol qilinayotgan taomlar xam ta'mini yuqotmaydi. Tug’ri, bu me'yor turli davrlarda turlicha bo’lgan. Bundan tashqari, dunyo mamlakatlarida u bir xil emas. Ko’plab mamlakatlarda u 6 -9 grammni tashkil qiladi. Butunjaxon sog’likni saqlash tashkiloti kunlik tuz iste'molini 5 grammgacha kamaytirdi. Bu taxminan bir choy qoshiq tuz demakdir. O’zimiz ovqatga soladigan tuz xam, ishlab chiqaruvchilar tomonidan maxsulotga qo’shiladigan tuz xam shuning ichida.  

Hozir butun dunyoda tuzga qarshi kurash ketmoqda. Chunki tuzni xaddan ortiq iste'mol qilish tufayli kelib chiqadigan xastaliklar xar yili millionlab kishilarni xayotdan bevaqt olib ketmoqda. Amerikalik mutaxassislarning xisob-kitoblariga ko’ra, kunlik tuz iste'molini 3 grammga tushirish orqali mamlakat miqyosida bir yilda 100 ming kishini infarkt, 92 ming kishini esa o’limdan asrab qolish mumkin. Bir qator    G’arb  mamlakatlarida o’tkazilgan tekshiruvlar inson tuzning 75-80  foizini  tayyor maxsulotlar tarkibida, qolgan qismini esa bevosita ovqatlanish chog’ida iste'mol qilishini ko’rsatdi. So’nggi vaqtlarda G’arb mamlakatlarida ishlab chiqaruvchilarning o’zlari maxsulot tarkibidagi tuz miqdorini kamaytirmoqda. Maxsulot tarkibida qancha tuz borligi esa etiketkada albatta ko’rsatiladi.  

Ekspertlar shu o’rinda bir narsaga e'tibor qaratishmoqda, ya'ni tuzning o’zi emas, balki uning tarkibidagi natriy zararlidir. Shuning uchun tarkibida natriy bo’lgan maxsulotlar iste'molini kamaytirish lozim. Ayrimlar taomning mazali chiqishi uchun tuzning o’rniga soya sousidan foydalanmoqda. Bu xam noto’g’ri. Chunki soya sousi tarkibida natriy miqdori yuqori.  

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (22.11.2013)
Просмотров: 1176 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565