Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

Smartfonlar uzoqni ko'ra olmaslik ko'z kasalligini keltirib chiqarmoqda

Smartfonlar hayotimizni yengillashtirish uchun yaratilgan edi, lekin ular bizning ko'rish qobiliyatimizga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Oddiy uyali telefonlarini smartfonga almashtirgan millionlab insonlarda uzoqni ko'ra olmaslik ko'z kasalligi paydo bo'lmoqda.

Ilgari inson uyali telefondan foydalanib, qo'ng'iroqlarni amalga oshirgan va sms lar jo'natgan. Kichik ekranga qarash uchun sarflangan vaqt kuniga 2-3 daqiqadan oshmas edi. Hozirgi kunda esa, Smartfon yordamida biz internetga chiqamiz, xatlar yozamiz, fotosuratlar va filmlar tomosha qilamiz. Inson soatlab smartfon ekranidan ko'z uzmay o'tiradi.

Professor Devid Allabamining ta'kidlashicha, 1997-yildan ya'ni smartfonlar sotuvga chiqarilgan kundan boshlab uzoqni ko'ra olmaydigan kasallar soni 35% ga oshdi. Olimning fikricha, keyingi 10 yillikda bu ko'rsatkich, 50% ga yetadi. 2033-yilga borib sayyoramiz aholisining 30 yoshgacha bo'lgan qismining yarmi bu kasallik qurbonlariga aylanadi.

Buyuk Britaniya olimlarining tekshiruvlariga ko'ra smartfondan foydalanuvchi uni ko'zdan atigi 30 sm uzoqlikda ushlab turadi. Ba'zi insonlarda esa ushbu ko'rsatgich 18 sm ni tashkil etadi. Vaholangi ro'znoma va kitoblarni o'qiganimizda masofa 40 smni tashkil etadi. Mutahassislar smartfon bilan aloqa qilish muddatini qisqartirishni tavsiya etadilar. 

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (23.02.2014)
Просмотров: 906 | Рейтинг: 5.0/1



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS



referatlar va mustaqil ishlar

Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565