Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

Shifokorlar yurakni infarktdan keyin tiklash yo'lini topishdi

Shifokorlar yurakni infarktdan keyin tiklash yo'lini topishdi Amerikalik olimlar yurakni infarktdan keyin tiklash imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi. Yangi metodika hujayra terapiyasiga asoslangan. Ma'lumki, yurak xurujidan keyin mushak to'qimasida chandiqlar hosil bo'ladi. A'zoning shikastlangan sohasida hujayralar faoliyat ko'rsatmay qo'yadi va chandiqning bir qismiga aylangan holda qisqaradi. Tadqiqotchilar faoliyat ko'rsatmayotgan hujayralarni deyarli to'liq tiklashga "majbur" qiladigan 5 ta gendan iborat "kokteyl”ni yaratdi. Uning ta'sirida hujayralar yana yurak bilan birga ura boshlaydi, deb yozadi "MedikForum”. Mazkur texnologiya sichqonlarda hamda laboratoriya sharoitlarida inson yuragi hujayralarida sinab ko'rildi. Olimlar fibroplastlarni (organizmning chandiqlar shakllanadigan biriktiruvchi to'qimalar hujayralari) urib turuvchi sog'lom hujayralarga qayta dasturlashga muvaffaq bo'ldi.
Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (23.02.2014)
Просмотров: 694 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565