Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

SARATONGA QARSHI DORI ALTSGEYMER KASALLIGINI DAVOLASHDA SAMARALI


 


 

 


 

"The Wall Street Journal" gazetasining ma'lum qilishicha, amerikalik tadqiqotchilar hozir saratonni davolashda qo’llanilayotgan dori altsgeymer xastaligini davolashda ham qo’l kelishini aniqlashgan.

Altsgeymer kasalligi markaziy asab tizimida beta-amiloid deb nomlanuvchi oqsillarning to’planishi natijasida kelib chiqadi. Beta-amiloidlar sog’lom kishilarda ham hosil bo’ladi, ammo tezda parchalanib, asab tizimidan chiqarib tashlanadi. Beta-amiloidlarni bosha bir oqsil—apolipoprotein E (ApoE) parchalaydi. Ularning mutatsiyasi altsgeymer kasalligini keltirib chiqaruvchi bosh omillardan biri hisoblanadi.

Shu bois tadkdaotchilar teri saratonini davolashda qo’llaniladigan va AQSH da savdoda bo’lgan Targretin (beksaroten) preparatiga e'tibor qaratishdi. Ushbu preparat apolipoprotein E (ApoE)ni faollashtiradi va ushbu oqsilni ko’paytiradi.

2009 yilda tadqiqotchi Geri Lendret o’z aspirantlaridan biriga altsgeymerga o’xshash xastalikka chalingan sichqonlarga beksaroten (Targretin) preparatidan berish vazifasini topshiradi. Oradan uch kun o’tgach, aspirant jonivor miyasidagi amiloid toshmalar yo’q  bo’lgani haqida ma'lumot berdi.


 




 


 


 

 

"Bunday bo’lishi mumkin emasdi. Shuning uchun men aspirant qizning xayoli joyida emas shekilli, deb uyladim", - deydi Lendred.

Shundan so’ng tajriba altsgeymer kasalligiga chalingan 100 dan ortiq sichqonda takrorlandi. Tajribalar beksaroten preparatlari sichqonlarda o’ylash, hid bilish va o’zini tutish ancha yaxshilanganini tasdiqladi.

Preparat berilganidan so’ng sichqonlar uch oy davomida kuzatib borildi va bu vaqt ichida ularning ahdvoli yaxshilangani aniqlandi. Shundan so’ng kuzatuv to’xtatildi. Chunki preparatning ijobiy ta'siri vaqtincha emas, balki doimiy ekani isbot etilgandi.

Pittsburg universitetining altsgeymer kasalligi bo’yicha eksperta Rada Koldamovaning qayd etishicha, onkologik xastaliklarni davolashda ham  beksaroten preparatining  zararsiz  ekanligi  isbotlangan.   Shu bois, uni bemorlarda ham sinovdan o’tkazish mumkin. Lendredning ma'lum qilipshcha, tez orada u bemorlarda ham shunday tajribani o’tkazadi.

Buning uchun loyihaga jalb etilgan boshqa bir olim Arizona universitetining kimyo mutaxassisi — Karl Vagner sintez yo’li bilan beksaroten preparatining bir qator analoglarini hosil qildi. Ular beta-amiloidlarga yanada kuchliroq ta'sir etadi. Tadqiqotlar jarayonida bu dori vositalari ham sinab ko’riladi.

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")
Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (06.12.2013)
Просмотров: 650 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565