Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

ROSTGO’YLIK — SALOMATLIK GAROVI

Amerika Qo’shma Shtatlarining Notterdam universiteti mutaxassislari rostgo’ylik inson salomatligi uchun juda foydali ekanini aniqladilar. 100 nafardan ortiq turli yoshdagi kishilar ishtirokida o’tkazilgan tajribadan so’ng shunday xulosaga kelindi.

Tajriba o’tkazish uchun jalb qilingan kishilarning bir guruhiga istagancha yolg’on gapirish taklif etildi. Ikkinchi guruhdagilarga esa aldash hech mumkin emasligi uqdirildi. Oradan uch oy o’tgandan so’ng tajriba ishtirokchilarining salomatligi tekshirib ko’rildi. Ma'lum  bo’lishicha,  rostgo’y  bulgan  kishilar   ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o’zlarini juda yaxshi xis qilgan. Ular kam shamollagan, boshlari ham og’rimagan va shuningdek, atrofdagilar bilan janjallashishmagan. Bosha guruhdagilar esa, aksincha, o’zlarini yomon his qilgan. Ekspertlarning so’zlariga ko’ra, haqiqatny ixtiyoriy yoki majburan yashiruvchi kishilar doimo tang bir xolatda asabiy ravishda yuradi. Bu o’z navbatida ularning ruhiyatiga va immun tizimiga salbiy ta'sir ko’rsatadi.

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")
Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (09.12.2013)
Просмотров: 1041 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS



referatlar va mustaqil ishlar

Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565