Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

QUYOSH NURLARIDAN BAHRAMAND BO’LIB TURING

Uzoq yillik ilmiy tadqiqotlardan so’ng yevropalik olimlar Quyosh nuri saraton to’qimalari paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi, degan xulosaga kelishdi. Ularning qayd etishicha, Quyosh nurining yetishmasligi ko’krak, oshozon saratoni xastaligining paydo bo’lishi xavfini kuchaytiradi.  Shu bois ham,  shimoliy mintaqalarda joylashgan mamlakatlarda ushbu xastalikka chalinuvchilar soni dunyoning boshqa mintaqalaridagiga qaraganda ancha yuqori.

Olimlarning fikriga ko’ra, Quyosh nuri inson hayotida juda katta rol o’ynaydi. Ultrabinafsha nurlar immunitetni faollashtiradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, ishchanlik qobiliyatini mustahkamlaydi. Quyosh nurlari gemoglobin hosil bo’lishi va kaltsiyning o’zlashtirilishida katta ahamiyatga ega.

Agar ilgari D vitamini shamollashlarga qarshi eng samaralivitamin, deb hisoblangan bo’lsa, endilikda virus va bakteriyalarga qarshi kurashda S vitamini ham yordam berishi aniqlandi. Organizmda bunday vitaminning paydo bo’lishidagi asosiy manba bu Quyosh vannalaridir. Shuningdek, D vitamini depressiyaga qarshi kurash, suyak va mushak to’qimalarini mustahkamlashda yordam beradi. Olimlarning so’zlariga ko’ra, ultrabinafsha nurlar terini tozalaydi va unda turli dog’ va toshmalarning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Ma'lumotlarga ko’ra, ultrabinafsha nurlar bundan tashqari davolab bo’lmaydigan teri xastaliklarining kelib chiqishiga ham to’sqinlik qilldi.

Quyosh nurlari kishilarning reproduktiv salomatligiga ham ijobiy ta'sir ko’rsatadi, aniqrog’i, ayollarda estrogen garmoni, erkaklarda esa testosteron ishlab chiqarilishini faollashtiradi. Shu o’rinda masalaning eng muhim jhatini unutmaslik kerak. Bu Quyosh nurlarini me'yorida ola bilishdir. Aks holda, Quyosh nurlarida me'yordagidan ko’p toblanish og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ekspertlarning fikriga ko’ra, Quyoshda haddan ortiq ko’p toblangan kishilarning lablari uchuq va toshmalar bilan to’lib ketadi, ovozlari esa hadeb shamollayverganidan bo’g’ilib qoladi. Bu esa Quyosh vannalarini me'yordagidan ko’p qabul qilish immunitetni pasaytirishidan dalolat. Olimlarning qayd etishlaricha, terining tez keksayishi ham 70 foiz holatda Quyosh tagi ostida ko’p vaqt o’tkazish bilan bog’liq.

Oddiy misol terimizning kiyim bilan yopilmaydigan qismida ajinlar tez paydo bo’ladi.

Quyoshda me'yordagidan ortiq toblanish keltirib chiqarishi  mumkin  bo’lgan eng jiddiy muammo bu melanoma, ya'ni teri saratoni kasalligidir. Melanomaga chalinayotganlar soni har yili 5 foizga ko’paymoqda. Hozir ayollar o’rtasida teri saratoni ko’krak bezi saratonidan so’ng  eng ko’p uchraydigan  xastalikka aylandi. Savol tug’iladi, Quyosh nurida qancha muddat toblanish me'yorida hisoblanadi? Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha,  Quyosh  nurining xavfsiz  dozasi bu yengil fiziologik eritemaning paydo bo’lishidir. Soddaroq qilib tushuntirganda, teri yuzasining ozgina qizarishi siz uchun yetarli. Vaqtida o’zingizni soyaga olmasangiz, teri kuyishi va melanomaning kelib chiqish xavfi ortishi mumkin.

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")
Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (09.12.2013)
Просмотров: 253 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS







Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2014
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998901191305
Проверить PR и Тиц Создать сайт бесплатно uzbek.mobi