Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

PROTEZ TIZZALI AMERIKALIKLAR SONI ORTIB BORMOQDA

Amerikalik ortopedlarni tizza bo’g’imi protez bo’lgan bemorlar sonining ortishi xavotirga solmoqda. FOX News telekanalining xabariga qaraganda, hozir 50 yoshdan oshgan har 20 nafar amerikalikning birida shunday protez bor.

Tizza bo’g’imlarini protezlash bilan bog’liq holatni Yelena Losina boshchiligidagi Bostondagi Brigham and Women's shifoxonasining bir guruh shifokorlari tahlil qilib chiqishdi. Ular 1998 yildan 2009 yilgacha bo’lgan davr oralig’ida shunday protezlash bilan bog’liq barcha holatlarni o’rganishdi. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, ayni chog’da tizza bo’g’imi protez qilingan fuqarolar soni 4,5 million kishini tashkil etadi.

Ulardan 500 ming nafari bitta tizza bo’g’imini ikki karra protez qildirgan, tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, tizza bo’g’ini protez qilingan fuqarolarning aksariyatini 80 yoshdan oshgan kishilar tashkil etadi. Hozir Amerika Qo’shka Shtatlarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning o’ntadan bittasining tizza bo’g’imi protezdir.

Amerika Qo’shma Shtatlari jarroh-ortopedlar akademiyasi prezidenta Deniel Berrining qayd etishicha, ushbu tadqiqot nihoyatda dolzarb ahamiyatga eta. Chunki yuqorida keltirilgan raqamlar mamlakat aholisiniyag qancha qismi kelgusida ixtisoslashgan tibbiy yordamga ehtiyoj sezishini ko’rsatadi.

Amerikalik mutaxassislarning fikriga ko’ra ilmiy tadqiqot natijalari ortopediya sohasidagi sarf-xarajatlarni qisqartirishga ham yordam beradi. Ma'lum bo’lishicha, mamlakatdagi har bir ortoped etiyoj bo’lmasa-da, bemorlarga tibbiy tekshiruvdan ogish g'a^ida kursatma beradi va bemorlar buning uchun 100 ming dollar dan ortik; pul mablagini sarflaydi. Majburiy bulmagan bu sarf-xarg!jatlarning umumiy mikdori zsa bir Yilda 2 milliard dollar ga etadi.

Muallif: Sobir Turdiyev ("O’zlik va borliqni anglab…”)

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (07.12.2013)
Просмотров: 489 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565