Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

ORTIQCHA VAZNNING SALBIY TA'SIRI


 

So’nggi   vaqtlarda  G’arbiy  Yevropadagi   qator mamlakatlar  va  Amerika Qo’shma  Shtatlari fuqarolarning ortiqcha vaznga ega bo’lishi jiddiy muammoga  aylanmoqda.  Mutaxassislarning  fikriga ko’ra, ortiqcha vazn inson salomatligiga salbiy ta'sir ko’rsatib,   turli   xastaliklarning kelib   chiqishiga sabab bo’ladi. Yaqinda Nyu-York universiteta tabbiyo maktabining mutaxassisi Antonio Konvi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ortiqcha vaznga ega insonlar miyasining xajmi me'yordagi vaznga ega bo’lgan inson miyasiga   nisbatan  kichikroq  bo’lishini  ko’rsatdi. Antonio Konvi tomonidan o’tkazilgan tajribada 44 nafar ortiqcha vaznga ega va 19 nafar me'yordagi vaznga ega bo’lgan kishi qatnashdi. Ularning ijtimoiy xolati va yoshi bir xil edi. Magnit tamografiyasi yordamida o’tkazilgan tekshiruv ortiqcha vaznga ega insonlarda miyaning ovqatlanish tizimi faoliyatiga javob beruvchi mendel so’lak bezidagi suv miqdori ko’p bo’lishini, impulslarga javob beruvchi qismi esa kichikroq bo’lishini tasdiqladi. Olimlarning fikriga ko’ra, ortiqcha vaznga ega kishilarning miyasidagi neyronlar soni odatdagidan kamroq yoki ularning bir qismi qurib qolgan bo’ladi.


 

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (29.11.2013)
Просмотров: 938 | Рейтинг: 5.0/1



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS



referatlar va mustaqil ishlar

Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565