Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

MOBIL TELEFONLAR ONKOLOGIK XASTALIKLARNI KELTIRIB CHIQARISHI MUMKINMI?


 

So’nggi yillarda butun dunyo miqyosida mobil aloqa xizmatini ko’rsatish jadallik bilan rivojlanmoqda.

Shubxasiz,    bunday    xizmatning    insonlar    uchuy afzalliklari  juda  ko’p,    biroq  mutaxassislar extiyotkorlikni xam unutmaslik kerak, degan fikrda. Yaqinda  Butunjahon   Sog’likni   saqlash   tashkiloti mutaxassislari o’nlab tadqiqot natijalarini o’rganib chiqach, mobil telefonlar inson salomatligiga salbiy ta'sir  ko’rsatishi  mumkin,  degan  xulosaga  keldi. Ekspertlarning xulosasiga ko’ra, mobil telefonda uzoq vaqt gaplashish xastalikka chalinish xavfini bir necha barobar oshiradi.

Butunjaxon Sog’likni saqlash tashkilotining ogoxlantirishicha, uyali aloqa telefonlaridan nurlanish onkologik xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Gap bu urinda bosh miyada va zshitish tizimida zararsiz va xavfli usmalarning paydo bulishi xakida bormokda. Saraton xastaliklarini urganish buyicha xalkaro agentlik mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi. "Uyali telefonii kulogimizga tutib gaplashganimizda, bosh miyamiz tugridan-tugri nurlanadi va uning xujayralarida biologik rektsiyalar yuz beradi", - deydi doktor Robert Baan. Butunjaxon Soglikni saklash tashkiloti ixtiyorida bulgan ma'lumotlarga kura, bugungi kunda dunyo mikyosida besh milliardga yakin kishi uefondan foydalanadi. Mutaxassislar uyali telefonni 2 V guruhga kiritishdi. Bu guruhga benzin, dizel yonilg’isi, is gazi, qo’rg’oshin, qaxva xamda yana bir qancha dori preparatlari kiradi.

Olimlarning so’zlariga ko’ra, ular bu masalada kim aybdor ekanligani aniq aytish uchun yetarli ma'lumot va dalillarni to’plashgan. Tadqiqotlar dunyoning 14 ta mamlakatida olib borildi va unda 30 dan ortiq olim ishtirok etdi. Ekspertlarning fikriga ko’ra, juda kuchli elektromagnit to’lqinlari bosh miya tuqimalarining o’zgarishiga olib keladi. Mobil telefonlar esa xuddi shunday juda kuchli elektromagnit to’lqinlarni hosil qiladi.

"Ishchi   guruhining   faoliyati   uyali   telefondan foydalanish va saraton xastaligining kelib chiqishi o’rtasida bog’liqlik bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi.  Gap  bu o’rinda  laboratoriyada  jonivorlar bilan o’tkazilgan tajribalar va insonlar  ishtirokidagi ilmiy tadqiqotlar chog’ida olingan barcha ma'lumotlarni taqqoslash natijalari haqida bormoqda", - deydi Kristofer Vayld. "Tamaki maxsulotlari tarkibida kanserogen moddalar borligi bundan 50 yil muqaddam aniqlangandi,   lekin   uning   turli   xastaliklarni keltirib chiqarishi uzil-kesil tasdig’ini topganiga ko’p vaqt o’tgani yo’q. Ayni chog’da biz uyali telefonning zarari xaqida to’xtalganda ko’proq "extimoli bor" degan iborani qo’llayapmiz. Demak, tekshirishlarni davom ettirish lozim", - deya qayd etadi Jonatan Samet.

O’tgai yilning qish mavsumidayoq loyixa doirasida Amerika Qo’shma Shtatlaridagi oliy o’quv yurtlarining klinikalarida o’tkazilgan taxlillar mobil telefonlar inson salomatligiga xavf tug’dirishi mumkinligi ko’rsatgan edi.  Keyinroq ma'lumotlar xalqaro miqyosda tasdig’ini topdi. Albatta, uyali aloqa vositalarini ishlab chiqarish kompaniyalar bunday fikrlarni tasdiqlashga shoshilmaydi. Chunkya bu ularning biznesiga «kuchli salbiy ta'sir ko’rsatishi mumkin, lekin shifokorlarning xulosalari ham fakt va dalillarga asoslangan». Shuday bo’lsa-da, fikrlar xilma-xilligi saqlanib qolmoqda. Bugun uyali aloqa xizmatidan foydalanuvchilar soni besh milliard kishiga yaqin ekanligini inobatga oladigan bo’lsak, muammo global axamiyat kasb etishini anglash qiyin emas. Shuning uchun bu masalaga nuqta qo’yilishi ancha qiyin kechadi.


 

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (29.11.2013)
Просмотров: 932 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565