Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

KUYDIRIB TAYYORLANGAN OVQATLAR FOYDALIMI?


 

An'anaga ko’ra, tovada kuydirib ovqat tayyorlash taom pishirishning eng zararli usuli hisoblanadi. Chunki taomlar yurak, tomirlar, bel uchun zararli va hatto saraton xastaligini keltirib chiqaradi, deb hisoblab kelinardi. Yaqinda ispaniyalik olimlar tomonidan o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar bunday qarashning deyarli noto’g’ri ekanligini ko’rsatdi. Xo’sh, nima sababdan "deyarli?"

Agar tovani kolba, retorta kabi kimyoviy idishlar bilan taqqoslaydigan bo’lsak, uning ancha murakkab ekanligini ko’ramiz. Chunki unda ikki yoki uchta toza kimyoviy  modda  emas,   balki  o’simlik  va  jonivor yog’lariga aralashgan ko’plab moddalar yuqori harorat ostida reaktsiyaga kirishadi. Bunday pazandalik esa har qanday kimyoviy aralashmadan murakkabroqdir. Olimlar tovadagi kuydirish jarayonida hosil bo’luvchi ko’plab moddalarni tekshiruvdan o’tkazishdi. Odatga binoan, ular asosiy e'tiborni oksidlangan va ko’rinishini o’zgartirgan  moddalarga   qaratdi.   Bu  moddalar  esa salomatlik  uchun  xavfli,   deb  hisoblanadi. Chunki ular juda kaloriyalidir. Tovada pishirish jarayonida mahsulot tarkibidagi suv yo’qoladi va u yog’ni shimib oladi. Demak, uning kaloriyasi ham ortadi.

Ammo bu pazandalik san'atiga bir tomonlama yondashishdir. Shu sababi, tovada bir vaqtning o’zida turli kimyoviy reaktsiyalar ro’y beradi. Ularning natijasida foydali moddalar  ham hosil bo’ladi.

Masalan, kartoshkadagi kraxmalning bir qismi rezistent bo’lib qoladi, ya'ni uning oshozonda hazm bo’lishi qiyinlashadi. Bu esa foydadan xoli emas. Nega deganda, bunday kraxmal prebiotik vazifasini o’taydi va oshzozondagi foydali bakteriyalarga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Ovqat pishirish davomida makro va mikroelementlar yo’qolmaydi. Agar kuydirish jarayoni uzoq davom etmaydigan bo’lsa, S va V vitaminlari ham saqlanib qoladi.

Bunday salbiy va ijobiy jihatlar muvozanatini qanday ta'minlash mumkin? Ispaniyalik olimlar tovada tayyorlangan ovqatlarni xush ko’ruvchilar qanday xastaliklarga chalinayotganini tahlil etishdi. Buning uchun ular 11 yil davomida 29 yoshdan 69 yoshgacha bo’lgan 40 ming kishining salomatligini tekshirib borishdi. Ma'lum bo’lishicha, yurak qon-tomir xastaliklari ham, o’lim bilan bog’liq boshqa holatlar ham tovada kuydirib tayyorlangan taomlar bilan bog’liq emas ekan. Tovada kuydirib tayyorlangan ovqatlarni xush ko’ruvchilar orasida saraton xastaligiga chalinganlar ham ko’p emasligi ayon bo’ldi. Qanday qilib shunday bo’lishi mumkin? Olimlarning qayd etishlaricha, bu o’rinda taomni qanday pishirishning ham ahamiyati katta.

Tovada hosil bo’lgan yog’larning ayrimlari zararli bo’lsa, ayrimlari foydalidir. Biz uchun pista yog’i qanchalik ahamiyatli bo’lsa, O’rtayer dengizi sohilida joylashgan mamlakatlar uchun zaytun yog’i shunchalik muhimdir. Bu yerda joylashgan mamlakatlarda saryog’ va qayta ishlangan tropik yog’larda umuman taom tayyorlanmaydi. Qayta ishlangan tropik yog’lar, masalan, palma yog’i faqat fastfudlarni tayyorlashda qo’llaniladi. Evropaliklar tajribasidan xulosa chiqaradigan bo’lsak, nimada qanday pishirish muhim ekanligini anglash qiyin zmas. Xulosani ham shunga qarab chiqarish mumkin. Bunda organizm uchun foydali va befoyda yog’larga e'tibor qaratish lozim. Misr uchun, qayta ishlangan tropik yog’lardan foydalanmagan ma'qul. Bunday yog’lar ro’yxatida palma yog’i’ birinchi o’rinda turadi. Sababi, ularning tarkibida transyog’lar ko’p bo’ladi. Bunday moddalar eritilgan bir qancha margarinlarda ham bor. Mutaxassislarning qayd etishlaricha, agar eritilgan yog’ oladigan bo’lsangiz ham, faqat eritilgan sariyog’ oling.

Tajribadan kelib chiqadigan yana bir muhim xulosa shundan iboratki, hatto zaytun va pista yog’lari ham ulardan bir necha bor taom tayyorlanadigan bo’lsa, zararli yog’larga aylanadi. Shu bois ularda har safar ovqat pishirgandan so’ng tovani yuvib tashlash kerak. Hech qachon tovada ovqat tayyorlayotgan chog’da yog’ni tutash darajasiga olib bormaslik lozim. Chunki yog’ tutay boshlagach, unda turli zazarli moddalar paydo bo’la boshlaydi. Shuning uchun ovqatni past olovda, masalliqlarni tez-tez aralashtirib turgan holda pishirish foydalidir.

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")
Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (09.12.2013)
Просмотров: 998 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565