Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

Kompyuter tomografiyasi bolalar uchun xavfli

Kompyuter tomografiya tibbiy tashxis qo'yishda ulkan qadam bo'ldi. Shunga qaramasdan uning paydo bo'lishi ko'plab munozaralar keltirib chiqardi. Buning sababi tekshiruv paytida be'merning nurlanishi, bu tekshiruvning bolalarda qo'llash mumkinligida edi. Munozaralar shu kungacha to'xtagani yo'q. AQSH olimlarining (Tsintsinnati shaharchasidagi bolalar tibbiyot markazi) bir necha yildan beri olib borayotgan statistikasiga ko'ra kompyuter tomografiyasini qo'llash xavfli o'simtalar sonining oshishiga olib kelmoqda. 

Ko'plab munozaralardan so'ng olimlar quyidagi fikrga kelishdi:

1. 6 yosh va undan kichik bo'lgan bolalarda kompyuter tomografiyasi tekshiruvlarini o'tkazish mumkin emas. Chunki bu tekshiruv jarayonida bola oddiy rengen tekshiruviga nisbatan 100-500 marotaba ko'proq nurlanadi. Shuningdek bolalarda radiatsiyaga bo'lgan sezuvchanlik katta yoshdagi insonlarga nisbatan 5 marotaba kuchlidir.

2. Agarda kompyuter tomografiyasi tekshiruvidan voz kechishning iloji bo'lmasa, tekshiruvdan so'ng nurlanish oqibatlarini bartaraf etuvchi muolajalar olib borilishi shart. 

Agarda shifokor farzandingizga aniq tashxis qo'ya olmay, "shunchaki" kompyuter tomografiyasini tavsiya etsa, undan voz keching. Yaxshisi beziyon bo'lgan boshqa tekshiruv usullaridan foydalaning. 

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (18.08.2013)
Просмотров: 1159 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565