Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

KEKSAYISHNI TO’XTATISH HAR BIRIMIZNING O’Z QO’LIMIZDA

KEKSAYISHNI TO’XTATISH HAR BIRIMIZNING O’Z QO’LIMIZDA

Abadiy yosh va sog’lom bo’lib qolish har bir inson uchun xamma zamonlarda xam eng ezgu istaklardan biri bo’lgan. Afsuski, xayot qonuni shunday. Inson tug’iladi, ulg’ayadi, keksayadi va vaqti-soati kelgach, bu foniy dunyoni tark etadi.

Olimlarning fikriga ko’ra, garchi o’lim xaq bo’lsa-da, inson o’z sa'y-xarakatlari, intilishi bilan juda yaxshi natijaga erishishi mumkin.  Rossiya  Fanlar akademiyasi Gerontologiya jamiyati prezidenti Vladimir Nikolaevning fikriga ko’ra,  keksayish jarayonini to’xtatishning iloji yo’q, ammo uni sekinlashtirish va 120 yilgacha yashash mumkin. Chunki inson geniga xam bu yosh joylangan. Xozircha uzoq yashash borasida fransiyalik Jannet Kalmenga teng keladigan kishi topilmayapti. U 122 yil-u, 164 kun yashagan.

Mutaxassislarning fikriga ko’ra, so’nggi vaqtlarda iqtisodiy jixatdan rivojlangan, ijtimoiy jixatdan yaxshi ximoyalangan, tibbiy xizmat sifati yuqori darajada bo’lgan mamlakatlarda  100  yoshdan  oshayotganlarning soni ortib bormoqda. Buni Yevropa mamlakatlari va AQSH misolida ham yaqqol kuzatish mumkin. Statistik ma'lumotlarga ko’ra, ushbu mamlakatlarda har 10 yilda 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni ikki karra ortayapti. Umuman, oxirgi 160 yil ichida odamzotning o’rtacha umr ko’rish ko’rsatkichi har yili 3 oyga oshib borayapti.

Shu o’rinda Germaniya tajribasi juda qiziqarli, deyish mumkin. Ma'lumki, ikkinchi jaxon urushidan so’ng mamlakat ikki qismga bo’linib qoldi. Mamlakat bo’lingach, uning Sharqiy qismida o’lim darajasi sezilarli darajada ortdi, boshqacha aytganda, sotsializm kishilarni asray olmadi. 1990 yilga kelib, ikki Germaniya qayta birlashdi. Oradan 10 yil o’tgach, ya'ni 2000 yilda mamlakatning har ikki qismida o’lim darajasi tenglashdi. Uzoq umr ko’radigan fuqarolar soni mamlakatning Sharqiy qismida sezilarli ravishda ko’paydi. Demak, odamlar xaqida kayg’urish o’rtacha umr ko’rish darajasini oshiradi.

Uzoq umr ko’rish sirlari xaqida to’xtalganda, bu masalada ta'limning xam o’rni katta ekanligani qayd etish joiz. Amerika Qo’shma Shtatlarida o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, kollejni tamomlagan erkaklar xech qaerda o’qimagan o’z tengqurlariga qaraganda 6 yil ko’proq yashar ekan. Bu ularning rafiqalariga xam tegishli. Intellektual salohiyati yuqori bo’lgan ayollar xaqida esa bunday deb bo’lmaydi. Bunday ayollar ko’p narsalarga qodir ekanliklarini isbotlaydi, biroq umrni egovlaydigan stressli xolatlarni ko’proq boshdan kechiradi.

Shu choqqa qadar dunyo olimlari tomonidan umrni uzaytirish borasida jonivorlar ustida ko’plab tajribalar o’tkazilgan va ularning orasida muvaffaqiyatli yakunlanganlari xam oz emas. Masalan, yumaloq chuvalchanglarning genlarini ko’chirib o’tkazish tufayli ularning yoshini 6 karra uzaytirishga erishildi. Tajriba qilingan sichkon 2,5 yil yashadi. Rossiyalik olim Vladimir Anisimovning bildirishicha, inson genlari o’zgartirilsa, saraton kasalligi paydo bo’lishi mumkin. Chunki keksayish jarayonida ishtirok etayotgan genlar saraton o’smalarining paydo bo’lishida xam qatnashadi. Organizmning barcha to’qimalari va organlarini shakllantiradigan o’zak xujayra ikki yo’nalishda rivojlanadi, xolos. U paydo bo’lishi, rivojlanishi, so’ngra ulg’ayishi mumkin. Bu keksayish xisoblanadi. Yoki o’zak xujayra o’lmaydigan saraton xujayrasiga aylanadi. Agar saraton xujayrasi boshqa begona organizmga joylashtiriladigan bo’lsa, yashashda davom etadi.

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, o’zak xujayrada kasallangan a'zolarni qayta tiklashi mumkin bo’lgan genlar juda qisqa muddat ishlaydi. Shu bois ham abadiy yosh qolish istagida bo’lgan kishilarning o’zak xujayralardan foydalanishi mantiqsizlikdir. Angliyada o’zak xujayradan yaratilgan Dolli laqabli qo’y xam uzoq yashay olmadi. U tezda qarib qoldi va nobud bo’ldi. Sababi, u o’z genomida onasining barcha kasalliklarini olib yurgandi.

Rossiyalik professor Vladimir Anisimovning fikriga ko’ra, umrni uzaytirishning zng yaxshi yo’li iste'mol qilayotgan oziq-ovqatlarning kaloriya darajasini kamaytirib borishdir. Bunga Yaponiyani misol sifatida keltirish mumkin. Bu yerda kishi bir kun davomida 1500-1800 kkal kaloriyaga ega bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish bilan cheklanadi. Natija esa kundek ravshan. Kunchiqar mamlakat uzoq yashovchilar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda. Oddiy kishi uchun bu kamlik qiladi. Ayni chog’da dunyo olimlari bu masalani hal etish uchun turli preparatlarni yaratish ustida ish olib bormoqda. Bundan tashqari, yorug’lik tartibi ham muhim ahamiyatga ega. Sayyoramizning shimoliy qismida istiqomat qiluvchi fuqarolar boshqalarga nisbatan ertaroq keksayadi. Bunda iqlimning sovuqligi muhim rol o’ynamaydi. Shimoliy o’lkalarda "oq tunlar" uzoq davom etadi. Tungi yorutlik esa inson vujudi uchun nihoyatda muxim ahamiyatga ega bo’lgan va faqat tunda ishlab chiqariladigan melatoninning hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Melatonin xosil bo’lmasligi uchun kechasi yorug’ chiroqni 15 soniya yoqishning o’zi kifoya qiladi. Shu bois uxlayotgan paytda chiroqni, televizor va kompyuterni yoqmaslik tavsiya etiladi. Tunda ishlaydiganlar esa melatonin preparatini qabul qilishi lozim. Melatonin miqdorining kamaygan yoki kamaymaganini oddiy qon taxlili orqali aniqlash mumkin.

Olimlarning fikriga ko’ra, tush ko’rish salomatlikning muxim shartlaridan biridir. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, agar ayol kishi bir xaftaning 4 tunini tush ko’rmay o’tkazadigan bo’lsa uning ko’krak bezi saratoniga chalinish xavfi ikki karra ortadi. Go’zal bo’lish uchun 6 soatdan kam, 9 soatdan ko’p uxlamaslik kerak. Turli kosmetika maxsulotlari va uqalashlar inson umrini uzaytira olmaydi. Aytgancha, keksayishning genetik tezligi 35 foiz bilan belgilanadi. Qolgani esa o’z qo’lingizda.


 

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (22.11.2013)
Просмотров: 1578 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565