Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

KASHANDALIK BEPUSHTLIKKA OLIB KELADI

KASHANDALIK BEPUSHTLIKKA OLIB KELADI

Kashandalik inson salomatligiga ijobiy ta'sir ko’rsatmasligi ma'lum. Xar yili dunyo miqyosida minglab kishilar  kashandalik keltirib  chiqaradigan  turli kasalliklar sabab xayotdan ko’z yummoqda. Afsuski, dunyo mamlakatlarida xamon millionlab kishilar zararli illatdan voz kechganicha yo’q. Ayrim mamlakatlarda esa kashandalar soni muttasil ortib bormoqla. Rossiya Federatsiyasi  bunga  yaqqol  misol  bo’lishi  mumkin. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, kashandalar orasida ayollar salmog’ining ortib borishi juda xavotirli.  Ehtimol, ayollar   yanada   jozibali   ko’rinish uchun qo’llariga sigareta olar, ammo mantiqan qaraganda, ayol jozibasi va sigareta bir-biriga umuman mos kelmaydi. Bu aldashni bir ko’rinishi, xolos. Shifokorlarning qayd etishlaricha, kashanddlikka ruju qo’ygan ayollarda nikotin, avvalo, og’izni shilliq pardasi va milklarning qorayishiga olib keladi. Chunki nikotin qora pigmentlarni ishlab chiqaruvchi xujayralarni faollashtiradi. Ayol garmonlari esa bu jarayonni yanada tezlashtiradi. Bundan tashqari, periodontit — tish atrofidagi to’qimalarning shamollashi ham 50 foizdan ko’p holatda kashandalik bilan bog’liq.  

Chekish,  shuningdek,  terining muddatidan  oldin qarishiga olib keladi. Masalan, 40 yoshdagi ashaddiy kashanda ayolning terisi 60 yoshli ayolning terisiga o’xshab ketadi. Bu nafaqat oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan holat, balki ilmiy jixatdan isbotlangan haqiqat hamdir. Ekspertlarning so’zlariga ko’ra, nikotin qon tomirlarning siqilishini keltirib chiqaradi va u teri tqo’imalarini buzuvchi fermentlar faolligining oshishiga olib keladi. Sigareta tutuni yuz terisiga ko’proq   salbiy ta'sir ko’rsatishi   ham   allaqachon isbotlangan. Ko’plab qizlar bu ularga daxl qilmasligiga ishonishadi, ammo bunday emas. Ayollardagi sigaretaga qaramlik erkaklardagiga qaraganda kuchliroq.  

Eng daxshatlisi, chekuvchi ayollar hech qachon buvi bo’lolmasligi mumkin. Chunki bunday ayollarning qizlarida  tuxum  hujayralari, o’g’illarida esa spermatozoid miqdori kam bo’ladi. Chunki zaharli tutun   urug’  hujayralarining  o’sishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun ham chekuvchi onalar farzandini  muddatidan oldin dunyoga keltiradi yoki chaqaloklarning vazni me'yordagidek bo’lmaydi.  Go’daklarning nobud bo’lishi bilan bog’liq holatlar ham tez-tez uchraydi. Bundan tashqari, yurak xastaligi, bronxial astma va boshqa turli xil xastaliklar bilan tug’ilgan chaqalokqar ozmunchami? Bu hali hammasi emas. Agar ona chekuvchi bo’lsa, go’dakning bosh miyasi shakllanipga u hali homilalik chog’idayoq buzila boshlaydi. Bosh miya hajmi me'yordagidan ancha kichik bo’ladi. Natijada bunday bolalar yomon o’qiydi va janjalkash bo’ladi.  

Bu fikrlarga yana shuni qo’shimcha qilish mumkinki, kashandalik naslsizlikni keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan biridir. U reproduktiv jarayonning barcha bosqichlariga kuchli sallbiy ta'sir ko’rsatadi. Agar qanchalik ko’p sigareta cheksa, uning farzandli bo’lmsh extimoligi ham shunga yarasha kamayib boraveradi. Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, kuniga 5-9 ta sigareta chekkan ayolniig yil davomida xomilador bo’lish ehtimoli 1,8 barobar kamayib ketadi. Bunday dalillar har bir insonni chuqur o’yga toldirishi lozim. Axir ayol uchun ona bo’lishdak baxtdan ortiq baxt bormi?  

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (21.11.2013)
Просмотров: 1378 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565