Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

KASALLIKLAR AVLODDAN-AVLODGA O’TMAYDI


 

Angliyalik olimlarning ma'lum qilishlaricha, ular avloddan-avlodga o’tuvchi ko’plab xastaliklarni davolashning yangi uslubini ishlab chiqishgan. Nyukasl universiteta olimlarning so’zlariga ko’ra, avloddan-avlodga o’tuvchi kasalliklar mitaxondriyalarga bog’liq. Nyukasl universiteti mutahassislarining  fikriga ko’ra, mitaxondriyalar hujayralari energiya bilan ta'minlab turadi. Agar ular zararlanadigan bo’lsa, ko’zi ojizlik, yurak faoliyati bilan bog’lik og’ir xastaliklar kelib chiqadi, "Biz kasallikni qayerdan qidirishni aniq bilamiz va bu yerda yanglishish bo’lishi mumkin emas", - deydi Nyukasl universiteti vakili.





 

Operatsiya quyidagicha amalga oshiriladi, ya'ni tuxum hujayraning genetik axborotni o’zida jamlagan qismi olinadi va sog’lom donor tuxum hujayrasiga o’tkaziladi. Olimlarning qayd etishlaricha,  bunda  ota-onadan farzandga zararlangan mitaxondriyalardan tashqari barcha axborot o’tadi, Shu tariqa kishi avloddan-avlodga o’tuvchi 50 dan ortiq kasallikdan butunlay xalos bo’lishi mumkin, ammo masalaning ma'naviy-axloqiy jihatini ham unutmaslik kerak. Ko’plab mutaxasislarning fikrigd  ko’ra,  iison DNKsiga  aralashishga, uni o’zgartirishga hech kimning haqqi yo’q. Kashfiyotni qilgan olimlar esl bu yo’l orqali har yili kasallangan mitoxondriyalar  bilan dunyoga   kelayotgan   minglab go’daklarning xayotini saqlab qolish mumkinligini ta'kidlamoqda.

Muallif: Sobir Turdiyev ("O’zlik va borliqni anglab…”)

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (07.12.2013)
Просмотров: 690 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS



referatlar va mustaqil ishlar

Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565