Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

ISROILDA SUN'IY SUYAK O’STIRILDI

Isroillik shifokorlarning ma'lum qilishicha, ular ko’plab kasalliklarni samarali davolashga imkon beruvchi yangi texnologiyani yaratishgan. Aniqrog’i, sun'iy suyak o’stirish va implantatsiya qilish borasidagi tajriba nihoyasiga yetkazilgan.

Sun'iy suyakni o’stirish uchun bemordan ozgina yog’ xujayralari olinadi va maxsus bioreaktorga joylashtiriladi. Bu yerda u suyak to’qimalariga aylayatiriladya. Ulkan skaner surilayotgan materialdan matritsani horsil qiladi. Matritsa suyak to’qimalari bilan boyitiladi va belgilangan shakldagi suyak tayyor bo’ladi.  "Yana taxminan bir oydan so’ng tayyor, faol odam suyagini yaratamiz. Organizm uni begonasiramaydi. Chunki suyak bemor xujayrasidan tayyorlanadi",- deydi yangi tehnologiya muallifi Shay Moretski.

Ma’lumotlarga ko’ra, dunyo miqyosida bir yilda o’rta hisobda 2,5 milionta suyak translantatsiyasi bilan bog’liq operatsiya o’tkaziladi. Bunday  operatsiyalar juda murakkab bo’lib, ayrim holatlarda bemor jiddiy jarohatlanishi ham mumkin.  Chunki kerakli suyak bemor organizmining o’zidan yoki donordan olinadi. Ma'lumki, organizmda ortiqcha suyakning o’zi bo’lmaydi. Tajriba chog’ida kalamushdan foydalanildi. Avvaliga uning suyagida nuqson hosil qilindi va so’ngra bu yerga laboratoriyada tayyorlangan suyak o’rnatildi. 6 xaftadan so’ng rentgen tekshiruvi o’tkazildi va u kalamush suyagida xech qanday nuqson yo’qligini ko’rsatdi. Yana bir necha oydan so’ng ushbu texnologiyani insonlarda qo’llash boshlanadi. Xozircha talabgorlar juda ko’p. O’zak xujayralardan farqli ravishda yog’ hujayralarida saraton xastaligining paydo bo’lish ehtimoli yo’q. Bundan tashqari, ozgina yog’ hujayralarining olinishi organizmga hech qanday salbiy ta'sir ko’rsatmaydi.

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")
Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (09.12.2013)
Просмотров: 932 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565