Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

INSON MIYASI NECHA YOSHDAN “KEKSAYA” BOSHLAYDI?

Britaniyalik  olimlarning  ma'lum   qilishlaricha, inson miyasi avval taxmin qilinganidek 60 yoshdan emas, balki 45 yoshdan "keksaya" boshlarkan. Nahotki bu haqiqat bo’lsa!Ha, shunday ekan. Rossiyadagi Kojevnikov nomidagi asab xastaliklari klinikasi professori Vladimir Zaxarovning ta'kidlashicha, inson bosh miyasi tabiatan ma'lum bir zaxira bilan yaratilgan. Undagi neyronlar esa go’dak dunyoga kelishi bilanoq, balki undan ham oldinroz o’la boshlaydi. Xayot davomida neyronlar bir-biri bilan aloqa o’rnatishi va ishlashi lozim. Bu jarayonda ishtirok etmagan ortiqcha neyronlar esa nobud bo’ladi. Natijada kishi 80 yoshga borganida uning miyasi 90-100 grammga yengillashadi. Genetik jihatdan aslida shunday bo’lishi kerak. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki,  agar  inson miyasining imkoniyatlaridan qancha kam foydalansa, necha yoshda ekanligidan qat'i nazar, neyronlarni shuncha ko’p yo’qotadi. Xo’sh, shunday ekan, hozirga qadar asab hujayralarini tiklashning yo’llari topilmaganmi, degan savol tug’ilishi tabiiy.

Olimlarning qayd etishlaricha, asab xujayralari o’zi qayta tiklanadi. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlar asab hujayralari butun umr davomida qayta tiklanishini ko’rsatdi. Shuning uchun yosh unchalik muhm rol o’ynamaydi. Inson har qanday yoshda ham yaxshi xotira, nutq, fikrlash va harakatlarini muvofiqlashtira olish imkoniyatiga ega. Agar imkoniyatlar pasaya boshlasa, demak, bu xastalik oqibatlari va shifokorga murojaat qilishga to’g’ri keladi.

1969 yilda o’tkazilgan ilmiy tadqiqot inson miyasi u 20 yoshdaligida eng yaxshi holatda bo’lishini isbotlagandi. Aynan shu yoshida odam katta hajmdagi axborotni eslab qolish, bir vaqtning o’zida bir nechta axborot manbai bilan ishlash, uzoq vaqt diqqatini bir yerga jamlay olish va boshqa imkoniyatlarga ega.

Har qanday odam 40-50 yoshida diqqatini bir joyga jamlay olmaslik, avvalgidek kechalari ham g’ayrat bilan ishlay olmaslikdan shikoyat qiladi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, bunga hojat ham yo’q. Chunki bu kamchilikni yillar davomida to’plangan tajriba isobidan bartaraf etish mumkin. U 20 yoshligidagi natijalarga kam kuch sarflagan holda ham erishish imkoniga ega. Miya esa takomillashib bormaydi. Bolalik va so’ngra o’spirinlik davrida miyada axborot, tajriba to’planadi va u 20-30 yoshda o’zining eng yuqori nuqtasiga chiqadi.

Ayrimlar, biz miyamiz imkoniyatlarining 10 foizidan, boshqalar esa 2 foizidan foydalanamiz, degan fikrda. Olimlarning fikriga ko’ra, bunday fikrlar hech qanday ilmiy asosga ega emas, ammo inson o’z miyasining imkoniyatlaridan to’liq foydalanmasligi va zaxira saqlanib qolishi aniq.

Aqliy zaiflik bilan bog’liq muammoni hal etish uchun beriladigan eng yaxshi tavsiya bu turli boshqotirmalarni yechishdir. Masalan, Yaponiyada keksalarga bepul sudoku to’plamlarini berish bo’yicha davlat dasturi amalga oshirilmoqda. Professor Zaxarovning ta'kidlashicha, boshqotirmalarning bunday foydali tomoni ilmiy asoslanmagan, lekin nazariy jihatdan olib qaraganda har qanday aqliy faollik altsgeymer va bosha kasalliklar paydo bo’lishining oldini olishga xizmat qiladi.

Ayrimlar eslab qolish imkoniyatlarini oshirish maqsadida turli preparatlarni qabul qiladi. Ekspertlarning fikriga ko’ra, bunday preparatlarni bir marta qabul qilish miyaga zarar etkazmasligi mumkin, ammo uzoq muddat foydalanish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan yiroq emas.

Nima   uchun i xotira   pand   berganda altsgeymer kasalligi kelib chiqadi?  Olimlarning fikriga ko’ra, altsgeymer kasalligining paydo bo’lishi inson genetikasiga borib taqaladi,  ammo nuqsonli geni bor kishi albatta xastalikka chalinadi, degani emas. Genetik dastur ishlab ketadimi yoki yo’q, bu kuproq kishining hayot tarzi, intellektual faolligiga bog’liq. Xozircha insoniyat altsgeymer kasalligini davolash yo’llarini   topa olgani yo’q.   Shifokorlar   bunday kasallik rivojlanishini bir yil, ikki yil, boringki, besh yilgacha to’xtatib turishi mumkin. Umuman olganda, sog’lom kishilarda ham ba'zan xotira pand beradi. Deylik, bir xonadan ikkinchisiga kirdingiz va nima uchun kelganingizni unutib qo’ydingiz. Keyinroq, nega kelganingiz yodingizga tushdi. Bu shunchaki axborotni qayta ishlashdagi nuqson. Agar odam nimanidir mutlaqo unutadigan bo’lsa, bu xastalik alomatlari bo’lishi ham mumkin.

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")
Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (09.12.2013)
Просмотров: 1716 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565