Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

GASTROSKOP O’RNIGA XAPDORI

  GASTROSKOP O’RNIGA XAPDORI  

Statistik ma'lumotlarga qaraganda, gastroenterolog mijozlarining 50 foizi gastroskopiya tekshiruvidan o’tishni istamaydi. Chunki bu har qanday kishi uchun ancha yoqimsiz jarayondir. Rossiyalik dotsent, 25 yoshli Dmitriy Mixaylov bu muammoning yechimini topdi. Bir paytlar gastroskopiya tekshiruvidan o’tgan Dmitriy bu jarayonni "hayotimni junbushga keltirgan lahzalar", — deya ta'riflagan va muammoni ijobiy xal etishni o’z oldiga qati’y maqsad sifatida qo’ygandi. Uzoq vaqt davom etgan izlanishlardan so’ng u "Landish" (marvaridgul) deb nomlanuvchi endokapsulani yaratishga muvaffaq bo’ldi. Uning yordamida oshqozon-ichak yo’llarini og’riqsiz tadqiq etish mumkin.  

"Landish" bu bir marta foydalanishga mo’ljallangan (uzunligi 15 mm va diametri 7 mm) kapsuladir. O’lchamlari juda kichkina bo’lsa-da, u rangli videokamera, radiouzatuv qurilmasi, batareya va 4 ta yoritish maibai bilan ta'minlangan. Bemor uni suv bilan yutib, to’rt soat davomida hech narsa iste’mol qilmay tursa, kifoya. Ushbu moslami oshqozon-ichak yo’lida bo’lish jarayonida, ularning xolatini batafsil o’rganadi va olingan tasvirlar hamda ma'lumotlarni smartfonga o’xshash maxsus moslamaga jo’natadi. Bu moslama tibbiy tekshiruv chog’ida bemorning yonida turadi.

Kapsula nafaqat muammoli joylar (o’smalar, yaralar, qon ketayotgan a'zolar)ni mustaqil ravishda aniqlash, balki shifokor uchun tadqiqotning muhim daqiqalarini aks ettirgan slayd-shoularni ham tayyorlash imkoniyatiga ega.  

Bunday kapsulalar G’arb mamlakatlarida ham mavjud biroq ular "Landishga nisbatan 2,5 marotaba katta va 10 marotaba qimmat. Bundan tashqari, ular oshqozon-ichak yo’li bo’ylab sayohati haqida faqat hisobot beradi, holos. Yaratilgan yangi kapsulaning eng katta afzalligi bu uning ingichka ichakni ham tekshiruvdan o’tkaza olishidir. Ingichka ichak shu chog’ga qadar shifokorlar uchun yopiq edi. Agar qizilo’ngach, oshqozonni endoskop vositasida, yo’g’on ichakni kolonoskop yordamida tekshirishning imkoni bo’lsa, qorinning markazny qismi shifokorlar uchun yopiq xududligicha qolayotgandi. "Landish yordamida ingichka ichakdagi o’smalarni barvaqt aniqlash va zarur chora-tadbirlarni ko’rish mumkin.  

Kapsula vujudni tark etgach, be’mor shifokor huzuriga keladi. Shundan so’ng tasvirlar va ma'lumotlarni qabul qilgan moslama kompyuterna ulanadi. Kompyuterdagi mahsus dastur be’morga dastlabki tashhisni qo’yishi ham mumkin. Aytgancha, klinik tekshiruvlar jarayonida "Landish" biron marotaba xam adashmagan.  

Shifokor ma'lumotlarni o’rganib chiqqach, be’morga tashxis qo’yadi va davolash muolajasini boshlaydi.  


 

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab")

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (17.11.2013)
Просмотров: 1034 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565