Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

CHALA TUG’ILGAN BOLALAR XASTALIKKA TEZ CHALINADI


 

O’tkazilgan yangi ilmiy tadqiqotlar muddatidan biroz oldin tug’ilgan go’daklar ham bolaligida vaqti-soati yetib, dunyoga kelgan chaqaloqlarga nisbatan xastalikka ko’proq chalinishi mumkinligini ko’rsatdi. Shifokorlar 37 haftalik homiladorlikdan so’ng tug’ilgan chaqaloqlar ona qornida muddati yetguniga qadar turgan bolalardan salomatligi  jihatidan  farq qilmasligi  haqidagi fikrning to’g’ri ekanligini tekshirib ko’rishga qaror qilishgandi.

"British Medical Journal" nashrida chop etilgan maqolada qayd etilishicha, mutaxassislar bundan 10 yil muqaddam dunyoga kelgan 14 ming bolaning 5 yoshgacha bo’lgan  davrdagi salomatligiga oid  ma'lumotlarni o’rganib chiqishgan. Bunda shifoxonalarga qilingan murojaatlar,  xususan,  astma (ko’ksov) xastaligidan shikoyatlar taqqoslab ko’rilgan. Tadqiqotlar   muddatidan   biroz   oldin   tug’ilgan go’daklar bu xastalikka ko’proq chalinishini tasdiqladi. Bundan oldin homiladorlikning 32 haftasidan so’ng dunyo  yuzini ko’rgan chaqaloqlarning bu kasallikka boshqa chaqaloqlarga qaraganda ko’proq chalinishi aniqlangandi.




 


 

Shifokorlarning so’zlariga ko’ra, bu o’rinda muddati o’tib tug’ilgan go’daklarning salomatligiga jiddiy e'tibor qaratish darkor.

Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, homiladorlikning 39 haftasigacha bo’lgan davrda tug’ilgan go’daklarning 5 yoshgacha astma xastaligiga chalinish ehtimoli yuqoriroq. Go’dak qancha erta dunyoga kelsa, bu xavf shuncha yuqori bo’ladi. Masalan, o’z vaqtida tug’ilgan go’daklarning 15 foizi bolaligida astma va nafas olish yo’llari bilan bog’lid boshqa kasalliklarga duch kelgan bo’lsa, muddatidan vaqtliroq dunyo yuzini ko’rgan chaqaloqlarda bu ko’satkich 17 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, ularning ota-onalari shifoxonaga ham boshqalarga qaraganda ko’prok; murojaat qilgan.

Ma'lumotlarga ko’ra, Buyuk Britaniyada yiliga xar besh go’dakdan biri, aniqrog’i, 100 ming nafar chaqaloq homiladorlikning 37-38  haftasida  dunyoga  keladi. Tadqiqot  mualliflarining  fikriga   ko’ra,   ilmiy tadqiqot  natijalari   chaqalog’i   muddatidan   oldin tug’ilgan  ota-onalarning  jiddiy   xavotirlanishiga asos bo’la olmaydi, lekin bu izlanishlar shunday go’dak parvarish qilinayotgaya oilalarga qaratilayotgan e'tiborni kuchaytirishni taqozo etadi.

Tadqiqotlar epidemiologiya bo’yicha Britaniya Milliy perinatal markazi ishtirokida Lester, Liverpul, Oksford va Uorik uniersitetlarida o’tkazildi. Biz ilgari go’daklarni o’z vaqtida dunyoga kelgan va vaqtliroq tug’ilgan, deb oddiygina qilib ajratib qo’ya qolardik, tadqioqot natijalari esa bizning xato qilayotganimizni ko’rsatdi. Biz ilgari ham muddatdan oldin dunyoga kelgan chaqaloqlarning xastalikka ko’proq chalinishini bilardik, ammo endi muddatidan ozgina oldin tug’ilgan go’daklar ham bunday xavfdan xoliezmasligi ayon bo’ldiya, - deydi Lester universiteta professori Zleyn Boyl.

Mutaxassislarning qayd etashlaricha, muddatidan oldinroq tug’ilgan chaqaloqlarning bolalikda astma xastaligiga ko’proq chalinishi mumkinligi bois, ota-onalar o’z farzandlarini shifoxonada tez-tez tibbiy ko’rikdan o’tkazib turishlari lozim. Shundagina xavfni o’z vaqtida bartaraf etish mumkin.

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")
Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (07.12.2013)
Просмотров: 1297 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565