Главная » Статьи » Qiziqarli va foydali

ALTSGEYMERNI O’N YIL OLDIN ANIQLASH MUMKIN

  ALTSGEYMERNI O’N YIL OLDIN ANIQLASH MUMKIN

Shvetsiyadagi Lunda universiteta olimlarining ma'lum qilishicha, inson miyasida altsgeymer kasalligini keltirib chiqarishn mumkin bo’lgan o’zgarishlarni kasallik tashxisi qo’yilishidan o’n yil oldin kuzatish mumkin.  

Olimlar guruxi tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari Amerika Qo’shma Shtatlari Tibbiyot assotsiatsiyasi tomonidan nashr etiladigan "Umumiy psixiatriya arxivlari" (Archives of General Psychiatry) jurnalida e'lon qilindi. Mutaxassislarning ma'lum qilishlaricha, ilmiy tadqiqot chog’ida biomarkerlar, ya'ni insonning orqa miyasidagi suyuqlik tarkibidagi modda o’rganilgan. Altsgeymer kasalligining rivojlanishi ushbu modda bilan bog’liq.  

Shvetsiyalik olimlar xotira bilan bog’liq muammoga duch kelgan 140 nafarga yaqin kishini o’rganib chiqishdi. Kuzatuvlar kasallikning rivojlanishi yoki rivojlanmasligi markerlarning ma'lum bir kombinatsiyasiga bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Masalan, beta-amiloid (beta-amyloid) moddasi past darajada bo’lib, tau (tau) moddasi yuqori darajada bo’lsa, bu kasallikning  rivojlanish  extimoli   yuqoriligidan dalolat beradi. Tadqiqotlar chog’ida bemorlarning 91 foizida markerlar kombinatsiyasi shunday ekanligi ayon bo’ldi. Shundan so’ng, oradan o’tgan o’n yil davomida ushbu bemorlarda haqiqatdan ham altsgeymer xastaligi rivojlandi. Xotirasi bilan bog’liq muammolarga duch kelgan, ammo markerlar kombinatsiyasi meyorida bo’lgan bemorlarda esa altsgeymer kasalligining rivojlanish ehtimoli sog’lom odamlarnikidan yuqori bo’lmadi.   




 


 

Tadqiqotchilar huzuriga doktor Oskar Xansson rahbarlik qildi. Lunda universitetining ma'lum qilishicha, ilgari doktor Xansson o’tkazgan tadqiqotlari chog’ida altsgeymer kasalligini tashxis qo’yilishidan besh yil oldin payqash mumkinligini aniqlagandi. So’nggi tadqiqotlar esa bu muddatni o’n yilgacha uzaytirishga imkon berdi.  

Muallif: Sobir Turdiyev ("O'zlik va borliqni anglab...")

Категория: Qiziqarli va foydali | Добавил: Saldat (06.12.2013)
Просмотров: 545 | Рейтинг: 0.0/0



Нравится






Главная | Регистрация | Вход | RSS





Qiziqarli maqolalar






www.testing.uz 2012-2017
контакты: myweb.uz@mail.ru
тел: +998917874565